AQŞ Davlat departamentidan ma'lum qilişlariça, Yevroittifoqning Eronga 20,7 million ajratiş haqidagi qarori «notöğri signal» hisoblanadi. Bu haqda idora matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Davlat departamenti fikriga köra, Vaşington va Bryussel birgalikda Eron fuqarolarini qöllab-quvvatlaş uçun yeçimni qidirişlari kerak.

Ta'kidlanişiça, Qöşma Ştatlarning fikriga qaraganda, YeIning Eronga «iqtisodiy va sektoral» ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş uçun pul ajratiş haqidagi qarori «notöğri paytdagi notöğri signal» hisoblanadi.

Şu bilan birga, idoradan qayd etişlariça, uşbu mablağlar terrorçilik faoliyati uçun ham işlatilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronga qarşi sanksiyalarni kuçaytirmoqçi ekani xabar qilingandi.