Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich «Chelsi»ning narxini belgiladi
«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich klubni sotishga tayyor.
The Times xabariga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor klub narxini 2,5 milliard funt qilib belgilagan.
Avvalroq, Abramovich Buyuk Britaniyaning eng boy odamlaridan biri Jim Retkliffning 2 milliard funtga teng taklifini qabul qilmagan edi.
Sunday Times ma'lumotiga ko‘ra, Abramovich «Chelsi»ni sotish masalasi bilan shug‘ullanishi uchun investitsiya banki xodimlarini yollagan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik tadbirkor London klubini 2003 yili 140 million funtga sotib olgan edi. O‘tgan vaqt ichida jamoa 5 marta Angliya chempioni bo‘ldi va 5 marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, may oyida Roman Abramovichga Buyuk Britaniya investitsiya vizasi uzaytirib berilmagan edi. Shundan so‘ng, u Isroil fuqaroligini olishga majbur bo‘ldi. Isroil fuqaroligi Buyuk Britaniya hududida 1,5 yil muddat davomida bo‘lishga imkon beradi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026