Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich «Chelsi»ni sotish bo‘yicha ish boshladi
Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich «Chelsi»ni sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sunday Times xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, u sport va texnologiya kompaniyalari bo‘yicha ixtisoslashgan Raine Group investitsiya banki bilan aloqaga chiqqan va klubning sotuvi bo‘yicha vaziyatni baholashni so‘ragan.
Abramovichning vakillari bu xabarga izoh berishmayapti. Qayd etilishicha, bundan avvalroq Abramovich Amerikaning Silver Lake Partners kompaniyasidan klubni sotib olish bo‘yicha tushgan taklifni rad etgandi. Shuningdek, buyuk britaniyalik biznesmen Jyeyms Retkliffning 2 milliard funtlik taklifiga ham rad javobi berilgandi.
Shu yilning 31 mayida «Chelsi» yangi stadion qurilishi bo‘yicha loyihadan voz kechgandi. Bu «yomon investitsiya muhimti» bilan izohlangandi.
Abramovich «Chelsi»ni 2003 yilda 140 million funt evaziga xarid qilgandi. O‘tgan vaqt ichida jamoa 5 marta Angliya chempioni bo‘ldi va 5 marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, may oyida Roman Abramovichga Buyuk Britaniya investitsiya vizasi uzaytirib berilmagan edi. Shundan so‘ng, u Isroil fuqaroligini olishga majbur bo‘ldi. Isroil fuqaroligi Buyuk Britaniya hududida 1,5 yil muddat davomida bo‘lishga imkon beradi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026