Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIVning yangi tashkil etilgan instituti nimalar bilan shug‘ullanadi?
Prezidentning “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etildi.
Malaka oshirish institutiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- Malaka oshirish instituti boshlig‘iga boshqa oliy ta'lim muassasalari va davlat organlari, shu jumladan xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
- malaka oshirish yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyotchi xodimlari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilarini taklif etish;
- Malaka oshirish institutiga ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish;
- joylarda o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari)ni tashkillashtirish.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026