Sport | 13:33 / 31.08.2018
9706
2 daqiqa o‘qiladi

Boks. Bobousmon Baturov ham oltin uchun ringga chiqadi

Osiyo o‘yinlarida boks musobaqalarining yarim final janglari davom etmoqda.

O‘zbekistonlik yana bir bokschi final yo‘llanmasini hal qildi. -69 kg vazn toifasida ringga chiqqan 23 yoshli Bobousmon Baturov tailandlik 32 yoshli Saylom Adi bilan kuch sinashdi.

Ushbu bellashuvda O‘zbekiston vakili Rio-de-Janeyro Olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan raqibini 4:1 (29:28, 29:28, 30:27, 30:27, 28:29) hisobida taslim etdi. 

Endi uning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov bo‘ladi. U iordaniyalik Eshash Ziyodni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bungacha -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov hamda -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Kun davomida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi yana 4ta yarim final jangi bor. -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov Toshkent vaqti bilan soat 16:00da xitoylik Vu Jonglinga qarshi ringga chiqadi. Shuningdek, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov indoneziyalik Amoragam Sunan Agungga qarshi (16:45), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov yaponiyalik Daysuki Narimatsuga qarshi (17:00) va nihoyat -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov filippinlik Marsiyal Eymir Feliksga qarshi (17:45) jang qiladi.

Final janglari 1 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid