O‘zbekiston | 18:46 / 01.09.2018
130610
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov: «Bugun hayotimdagi qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti»

31 avgust kuni mamlakat tarixida birinchi marta chet elliklarga O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning «USM Holding» aksiyadorlik jamiyati ta'sischisi va rahbari Alisher Usmonovga «El-yurt hurmati» ordenini topshirdi. Shundan so‘ng Alisher Usmonov nutq bilan chiqish qildi:

«Albatta, bugungi kun mening hayotimda juda ham ulug‘ va hayajonli bo‘ladi. Chunki Vatan rahbari bugun meni mana shunday yuksak nishon bilan taqdirladi. Qaysi so‘z bilan o‘z minnatdorchiligingni bildirishing mumkin — men bu so‘zni topishga ojizman.

O‘qing: «O‘zbek ekanligimdan faxrlanaman»: Alisher Usmonovning biznes qoidalari

Bugun mening hayotimdagi shuncha qiyinchiliklar, armonlar, umidlar yuzaga chiqyapti. Va faqat mening hayotimdagi emas, balki butun o‘zbek xalqining umidi bugun sizning qo‘lingizga topshirilgan. Albatta, har bir o‘zbek o‘g‘lining bugungi majburiyati — qo‘lidan kelgancha, qo‘lidan kelishidan ham ko‘proq yoningizda bo‘lish.

Albatta, bu yo‘l juda ham qiyin va osonlikni hech kim bizga bermaydi. Ishonchim komilki, butun xalq shunday rahbar boshchiligida albatta rejalariga yetadi. Men o‘zim uchun, mana shu rejalarga yetishish uchun qilingan har bir harakatimni hayotimning mazmuni deb bilmoqchiman.

Sizga yana bir bor katta minnatdorchilik, o‘zingizga sihat-salomatlik, kuch, xalqimizga tinchlik, farovon hayot va, albatta, iqtisodiy boylik tilayman», - deydi Alisher Usmonov.

Mavzuga oid