31 avgust kuni mamlakat tarixida birinçi marta çet elliklarga Özbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötgani xabar berilgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning «USM Holding» aksiyadorlik jamiyati ta'sisçisi va rahbari Alişer Usmonovga «El-yurt hurmati» ordenini topşirdi. Şundan söng Alişer Usmonov nutq bilan çiqiş qildi:

«Albatta, bugungi kun mening hayotimda juda ham uluğ va hayajonli böladi. Çunki Vatan rahbari bugun meni mana şunday yuksak nişon bilan taqdirladi. Qaysi söz bilan öz minnatdorçiligingni bildirişing mumkin — men bu sözni topişga ojizman.

Öqing: «Özbek ekanligimdan faxrlanaman»: Alişer Usmonovning biznes qoidalari

Bugun mening hayotimdagi şunça qiyinçiliklar, armonlar, umidlar yuzaga çiqyapti. Va faqat mening hayotimdagi emas, balki butun özbek xalqining umidi bugun sizning qölingizga topşirilgan. Albatta, har bir özbek öğlining bugungi majburiyati — qölidan kelgança, qölidan kelişidan ham köproq yoningizda böliş.

Albatta, bu yöl juda ham qiyin va osonlikni heç kim bizga bermaydi. Işonçim komilki, butun xalq şunday rahbar boşçiligida albatta rejalariga yetadi. Men özim uçun, mana şu rejalarga yetişiş uçun qilingan har bir harakatimni hayotimning mazmuni deb bilmoqçiman.

Sizga yana bir bor katta minnatdorçilik, özingizga sihat-salomatlik, kuç, xalqimizga tinçlik, farovon hayot va, albatta, iqtisodiy boylik tilayman», - deydi Alişer Usmonov.