Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov «Megafon» va Mail.ru kompaniyalari egalaridan biri sanaladi. Forbes naşri 12,5 mlrd dollarga ega bölgan Usmonovning öz millati, xayriya faoliyati, yaxşi odamlar yomonlardan köproq ekanligi haqidagi va boşqa mavzulardagi eng yorqin fikrlarini keltirdi.
Biznes — bu baribir ğarazli iş, unda sening ğarazing daromad olişdan iborat böladi.
Men uçun pullar — bu funksiya. U nimagadir erişiş imkonini yaratib, sening yutuqlaring ölçovi bölişi mumkin yoki, aksinça, ular böyiça muvaffaqiyatsizliklar haqida ham fikr yuritiş mumkin.
Metallurgiya — bu birinçi muhabbat emas. Metallurgiya korxonalari aksiyalari — şu mening birinçi muhabbatim.
Biznesdagi asosiy qoidam — heç qaçon siyosiy öyinlar bilan şuğullanmaslik, biroq biz şu biznesni qilayotgan davlat hukumati va rahbariyati hamda davlat apparatini tuşunmasdan hamda qöllab-quvvatlamasdan heç narsa qilmaslik.
Mening fikrimça, menejmentni hurmat qiliş kerak. Oleg Deripaska kabi aksiyadorlar bor, ular katta uluşga ega bölgan kompaniyalar menejyeri sanaladi. Menda bunday ehtiyoj yöq.
Internet asosçilar va menejyerlar roliga juda sezgir, men bunga aralaşmaganman hamda aralaşmayman.
Bir paytlar, taxminan 93-yilda insonlar salomatligi uçun xavfli bölgan narsalar bilan savdo qila olmasligimni tuşunganman. Musulmon sifatida ham men zahar sotişim kerak emas. Öşandan beri men uçun tamaki biznesi yöq.
Xayriyadan maqsadni ham özim uçun, ham jamiyat uçun faqat bitta narsada köraman — odamlar yaqinlarini xuddi özini kabi yaxşi körişi kerak. Agarda sen nimanidir qila olsang, unda bu bilan biznesdagi muvaffaqiyating darajasida şuğullaniş şart. Bu muvaffaqiyat senga qanday kölamdagi yordamni taqdim etiş borasida tanlaş imkonini beradi.
Rossiyadagi eng qörqinçlisi — odamlar bir biri bilan bölişişni xohlamasligi.
Kimgadir yordam berayotganing haqida maqtaniş — odamning past darajadagi madaniyati körsatkiçi.
Turğunlik — u faqat haykaltaroşlikda yaxşidir. Biznesda esa dinamizm — daromadingiz kafolati.
Toza vijdon va öz qalbim bilan butunlay uyğunlikda yaşayman.

















