Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 29 avgustdagi farmonlariga muvofiq mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijlik işbilarmonlar, Tojikistonning bir guruh davlat va jamoat arboblari Vatanimizning yuksak  mukofotlari bilan taqdirlangan edi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

31 avgust kuni mamlakat tarixida birinçi marta çet elliklarga  Özbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi. 

– Bugun köpmillatli xalqimiz Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligini keng nişonlamoqda, – dedi prezident. – Uşbu şonli tarixiy sanani biz bilan birgalikda mamlakatimizning çet ellardagi köp sonli döstlari va şeriklari – davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar, yirik xorijiy kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bayram qilayotgani bizni quvontiradi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq Özbekiston faol va oçiq taşqi siyosat yuritmoqda. Rossiya, Xitoy, AQŞ, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boşqa mamlakatlar bilan özaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jahonning yetakçi kompaniyalari, bank va konsorsiumlari, xalqaro biznes tuzilmalari mamlakatimiz bilan faol hamkorlik qilmoqda.

– Biz şeriklarimizning Özbekiston iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirişga, yirik qöşma loyihalarni amalga oşirişga, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaşga qöşayotgan katta hissasini yuksak qadrlaymiz, – dedi davlat rahbari.

Prezident Şavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning «USM Holding» aksiyadorlik jamiyati ta'sisçisi va rahbari Alişer Usmanovga «El-yurt hurmati» ordeni, Rossiyaning «LUKOYL» oçiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov hamda Germaniyaning «KNAUF» korxonalari guruhi iştirokçilari Kengaşi a'zosi Nikolaus Knaufga «Döstlik» ordenlarini topşirdi.