Jahon | 12:46 / 01.09.2018
19844
2 daqiqa o‘qiladi

Donetskdagi portlash. Halok bo‘lganlarning soniga aniqlik kiritildi

Foto: RIA Novosti

Donetsk markazidagi «Separ» kafesidagi portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarchenko ham bor. Bu haqda RIA «Novosti» «DXR» FVV matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, portlashdan keyin olti kishi kasalxonaga olib ketilgan, yana besh kishi kasalxonaga borishdan bosh tortdi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning shaxsiy ma'lumotlari aniqlanmoqda.

«Portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Besh inson kasalxonaga borishdan bosh tortdi. Tibbiy muassasaga olti kishi olib ketildi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning anketa ma'lumotlari aniqlashtirilmoqda», - deyiladi «DXR» FVV matbuot xizmati xabarida.

«DXR» rahbari Zaxarchenko Donetskdagi «Separ» kafesida yuz bergan portlash natijasida 31 avgust, juma kuni halok bo‘lgan.

Foto: Oleg Tsarev

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zaxarchenkoga suiqasdda unga yaqin shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid