Jahon | 11:38 / 01.09.2018
16068
2 daqiqa o‘qiladi

Zaxarchenkoga suiqasdda unga yaqin shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin

Foto: RIA Novosti

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoning o‘ldirilishida unga yaqin bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Kommersant'» o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilmani «Separ» restoranidagi qandil yoki torsherga yashirib qo‘yishgan bo‘lishi, u telefon orqali harakatga keltirilgan bo‘lishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, Zaxarchenko halok bo‘lgan restoran uning xavfsizlik xizmati boshlig‘iga tegishli bo‘lib, juda jiddiylik bilan qo‘riqlangan. Donetsk kuch mulozimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, restoranda portlashni «yaqin bo‘lgan shaxslarning» yordamisiz tayyorlash umuman imkonsiz bo‘lgan. Bundan tashqari, gumondorlarni «DXR» sobiq yetakchisiga yaqin bo‘lganlar orasidan qidirishmoqda, sababi faqat ular Zaxarchenkoning qayerga borishi va rejalari haqida batafsil bilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov «DXR»ga «yordam va qo‘llab-quvvatlovni» va'da qilgandi.

Mavzuga oid