Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanjning sherigi Norvegiyada yo‘qolib qoldi
Norvegiya politsiyasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning sherigi va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Aren Kampxyoysning izsiz g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha holatni tekshira boshladi. Bu haqda Deutsche Welle AFP agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari g‘oyib bo‘lgan gollandiyalik qayerda bo‘lishi mumkinligini bilishmayapti. Bundan tashqari, rasmiy ravishda huquq-tartibot xodimlari uning telefoni orqali qayerda ekanini so‘ray olmaydilar, sababi u Norvegiyada emas, balki Niderlandiyada qidiruvga berilgan.
Ushbu shaxs g‘oyib bo‘lani haqida birinchi bo‘lib uning tanishi Twitter’da xabar qildi. Kampxyoysni qidirish ishlariga WikiLeaks ham qo‘shildi, bu yerda uning yo‘qolishi g‘ayrioddiy holat, deb ataldi.
Tashkilotdan xabar berishlaricha, oxirgi marta erkak 20 avgust kuni Norvegiyaning shimoliy qismida, u Budyo shahridagi mehmonxonani tark etganida ko‘rishgan. 22-sanada unda mamlakatning markaziy qismida joylashgan Tronxeymdan parvoz qilishga aviachipta bo‘lgan. «Bu joylar orasidagi masofani poyezdda taxminan 10 soat ichida bosib o‘tish mumkin. Bu esa u shu vaqtda Budyoda, Tronxeymda yoki poyezdda yo‘qolgan, deb taxmin qilish imkonini beradi», - deyiladi xabarda.
Kampxyoys 47 yoshda, uning bo‘yi - 178 santimetr. Odatda u qora kiyim kiyadi va qora ryukzak bilan harakatlanadi. Ta'kidlanishicha, u sayohatlar ishqibozi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, uni Norvegiyaning Olesunnida yoki Daniyaning Ribesida ko‘rgan bo‘lishlari mumkin.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026