Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YaIT va sug‘urta badallari bo‘yicha hisobotlar yangilandi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobi 7 va 8-ustunlar bilan to‘ldirildi. Ularda umumbelgilangan (8%) va imtiyozli stavkalar bo‘yicha hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari alohida-alohida aks ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1.01.2028 yilgacha Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga sug‘urta badallarining imtiyozli stavkasi (4,5%) qo‘llaniladi (30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmonning 8-bandi).
4 va 4a-ilovalar birlashtirildi. Unda har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan fuqarolarning oylik sug‘urta badallari summalari to‘g‘risida ma'lumotlar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan 4a-ilova o‘z kuchini yo‘qotdi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
10:06 / 27.11.2025