Jahon | 08:04 / 05.09.2018
7324
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Idlibdagi vaziyat fonida Rossiya bilan hamkorlik muhimligini ta'kidladi

Foto: REUTERS

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Suriya hukumat qo‘shinlari tomonidan Idlibda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan harbiy amaliyotlar tufayli Turkiya-Rossiya hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda RIA «Novosti» Turkiya televideniyesiga asoslangan holda xabar bermoqda.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivoji ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga olib keladi, boshqalar esa gumanitar falokat sodir bo‘lgan taqdirda, Turkiya hududiga yo‘l oladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar muzokaralar jarayonida tegishli yechim topilsa, bundan qochish mumkin bo‘ladi.

«Hozirda Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik juda muhim», - dedi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Suriya bilan chegaraga tanklar yuborgani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid