Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Ukrainadagi AQSh faolligining maqsadini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bildirishicha, AQSh Ukrainaning Rossiyaga yaqin hududida keskinlikning xavfli o‘chog‘ini yaratishni maqsad qilgan. Bu haqda u «Birinchi kanal»dagi «Katta o‘yin» dasturida ma'lum qildi.
«Men ulardan so‘ramoqchiman: Ukrainaga qiziqishingiz bormi? O‘n ming kilometr masofada. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainada nimani qidirayotganini bilmayman. Faqat shuni bilamanki, ular Rossiya Federatsiyasi bevosita chegarada yangi, uzoq muddatli salbiy o‘choq yaratishmoqchi», - dedi u.
Avvalroq, Ukraina janubi-sharqidagi jangovar harakatlar hududiga AQSh va Kanadadan yuqori lavozimdagi harbiylar kelgani xabar berilgandi. Bu haqda tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» qurolli kuchlari matbuot xizmati boshlig‘i Daniil Bezsonov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, jangovar harakatlar hududiga kelgan yollanma jangchilar va qo‘mondonlar Ukraina qurolli kuchlari tayyorlayotgan hujumda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Putinning Poroshenkoga tahdidi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026