Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putinning ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroşenko bilan 2015 yildagi «normand törtligi» uçraşuvidagi muzokaralari haqida yangi ma'lumot berdi. Peskovning sözlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.
Suhbat çoğida Kreml rasmiy vakilidan muzokaralarda iştirok etgan Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandning xotiralariga izoh beriş söraldi. Fransiya sobiq prezidenti Putin Poroşenkoga tahdid qilgani haqida yozgandi.
«Muşkul muzokaralar vaqtida hamda Ukrainada Poroşenko tomonidan keltirib çiqarilgan jangovar harakatlar davomida Putin, albatta, unga yoqimli sözlarni aytmagan. Siz tasavvur qilişingiz mumkinki, Putin qattiq, aniq va juda tuşunarli tarzda gapirgan. Lekin, albatta, bunday tahdid bölmagan», - deya ma'lum qildi Peskov.
Ollandning «Hokimiyat saboqlari» deb nomlangan xotira kitobi 2018 yilda naşr etildi. Ukrainaning Gordon.ua naşri kitobdan ba'zi qismlar tarjimalarini keltirdi. Xususan, Minskda Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya rahbarlarining uçraşuvi tasvirlangan parçalar ham taqdim etilgan.
«[Ukraina prezidenti Pyotr] Poroşenko va Putin muntazam ravişda bir-biriga baland ovozda gapirdilar. Rossiya prezidenti şunçalik asabiylaşdiki, öz hamkasbini yançib taşlaş bilan tahdid qila boşladi. Bu Ukraina şarqida rus qöşinlari borligini isbotlab berdi. Putin birdan öziga keldi va hissiyotlarini qölga oldi», - deb yozadi Olland.
«Poroşenko öz mamlakatining suverenitetini qat'iyat bilan himoya qildi, Putin esa ba'zi viloyatlar uçun muxtoriyatga erişmoqçi hamda öt oçişni töxtatiş rejimini yana uç haftaga ortga surmoqçi edi. U juda qat'iy edi, ayirmaçilar rahbarlari bilan bevosita aloqasi yöqligini ta'kidlab, ular uçun qaror qabul qila olmasligini aytdi va ular bilan maslahatlaşişni talab qildi», - deya davom etadi Fransiya sobiq prezidenti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Poroşenkoga tahdid qilgani haqida ma'lumotlar paydo bölgandi.












