Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalararo uchinchi sammit sanasi ma'lum bo‘ldi
Foto: AFP / Dong-A Ilbo
Koreyalararo uchinchi sammit 18-20 sentabr kunlari KXDRda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining maxsus vakili xabar berdi.
«Birinchidan, Janub va Shimol 18-20-sentabr kunlari Pxenyanda Koreyalararo sammitni o‘tkazishga kelishib oldi, shuningdek, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida har hafta yuqori darajada muzokaralar o‘tkaziladi», - deya xabar berdi maxsus vakili KXDRga safaridan so‘ng.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In bilan KXDR bilan muloqot istiqbollarini muhokama qilgandi.
Aniqlik kiritilishicha, telefon orqali o‘zaro muloqot davomida yetakchilar Koreya yarim orolidagi vaziyat rivoji, shuningdek, yadrosizlanish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kim Chen In ikki hafta «yo‘qolib qolganidan» keyin omma oldida ko‘rinish bergandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026