Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada eng katta samolyot-amfibiyani ishlab chiqarish tiklanmoqchi
Rossiyaning Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi A-40 “Albatros” samolyot-amfibiyani ishlab chiqarishni tiklash loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda “Gidroaviasalon-2018” ko‘rgazmasi arafasida korporatsiya matbuot xizmati ma'lum qildi.
2016 yilda Qora dengiz floti dengiz aviatsiyasi rahbari Gennadiy Zagonov yangi A-40 gidroplanlari aviatsiya parkini to‘liq yangilash doirasida Be-12 samolyot-amfibiyalar o‘rnini egallashini ma'lum qilgan.
A-40 “Albatros” (Be-42) — sobiq ittifoqda loyihalangan ko‘p maqsadli samolyot-amfibiya bo‘lib, Be-12 o‘rnini egallash uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Loyiha ittifoq parchalangandan keyin to‘xtatilgan. Samolyotning maksimal uchish og‘irligi 90 tonnani tashkil qiladi va bunday ko‘rsatkichga dunyodagi boshqa birorta shu turdagi samolyot ega emas.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026