Jahon | 15:10 / 07.09.2018
12598
2 daqiqa o‘qiladi

«DXR»ning vaqtinchalik rahbari tayinlandi

Foto: Valentin Sprinchak / TASS

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») parlamenti Xalq kengashi raisi Denis Pushilinni respublika rahbari vazifasini bajaruvchisi etib tayinladi. Bu haqda «DXR» saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, Donetsk parlamenti ham Aleksandr Zaxarchenkoni bu lavozimdagi vakolatlarini «uning o‘limi munosabati bilan» muddatidan avval to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. «DXR» sobiq rahbariga suiqasd 31 avgust kuni yuz berdi, uni «Separ» kafesida portlatib yuborishdi.

Avvalroq, Pushilin Zaxarchenkoga qilingan suiqasdni tergov qilish jarayoni qanday davom etayotgani haqida ma'lumot bergandi. Uning qayd etishicha, mahalliy huquq-tartibot idoralari terakt qanday tashkillashtirilgani va amalga oshirilgani borasida barcha versiyalarni ishlab chiqmoqda.

31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») rahbari Aleksandr Zaxarchenko ham bor. Portlashdan keyin olti kishi kasalxonaga olib ketilgan, yana besh kishi kasalxonaga borishdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakchisi Aleksandr Zaxarchenkoning o‘ldirilishida unga yaqin bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid