Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston turistik salohiyati Indoneziyada namoyish etildi
7 sentabr kuni Indoneziya poytaxti Jakartada “Kompas Travel Fair – 2018” xalqaro Turistik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ibot qiladigan stend bilan ishtirok etish elchixona tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi “Ziyorat turizmga” qiziqish bildirmoqdalar. Shu bilan birga, Indoneziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani hamda Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgani ko‘rgazma qatnashchilarini juda quvontirdi.

Ko‘rgazma tashkilot qo‘mitasining rahbari Diana Eka Puspita Indoneziya sayyohatchilari orasida O‘zbekistonga qiziqish tobora ortib borayotgani to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, O‘zbekiston o‘z stendi bilan qatnashishi indoneziyaliklarda mamlakat to‘g‘risida bo‘lgan ma'lumotlarini kengaytirishga, turistik oqimning ko‘payishiga olib keladi.

«Kompas Travel Fair» xalqaro turistik ko‘rgazmasi 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va Indoneziyadagi eng yirik ko‘rgazmalardan hisoblanadi. Joriy yili tadbir 7-9 sentabr kunlari davom etib, unda 10 ta aviakompaniya, 71 ta turistik tashkilotlari ishtirok etmoqda va 44 mingdan ziyod mehmon tashrifi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
21:36 / 19.03.2026