O‘zbekiston | 16:15 / 08.09.2018
2693
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr Ishbilarmonlik kengashini tashkil etadi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston va Misr Ishbilarmonlik kengashini tashkil etishga kelishib oldilar. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston-Misr biznes-forumi va Toshkent shahridagi kooperatsiya birjasi doirasida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar.

Kutilishicha, ushbu kengashning birinchi majlisi 2018 yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr bilan munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ta'kidlagandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid