Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Misr bilan munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ta'kidladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bo‘lib o‘tgan muzokaralar hamda erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, O‘zbekiston bilan Misr munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ta'kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Abdulfattoh as-Sisiy janoblarining O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ochiq, do‘stona va amaliy ruhda o‘tgan muzokaralarimiz barcha masalalar yuzasidan yondashuv va qarashlarimiz o‘xshashligini ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, bugungi kelishuvlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi munosabatlarni sifat va mohiyat jihatidan boyitib, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Misr prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha kelishib olganini, bu kelishuvlar kelgusi tashriflarga debocha va ulkan natijalarga poydevor bo‘lishini ta'kidladi.

Abdulfattoh as-Sisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bugun yakunlanadi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026