O‘zbekiston | 22:41 / 11.09.2018
4302
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda muhandislar-konsultantlar uyushmasi tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidentining 11 sentabr kuni imzolangan qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda muhandislar-konsultantlar uyushmasi tashkil etiladi. 

Qarorda bildirilishicha, O‘zbekiston Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish;

uyushma a'zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga jalb etish;

uyushma a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;

xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish;

oliy ta'lim muassasalari bilan ularning o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish;

xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda, shu jumladan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritishi lozim.

Bunda:

investitsiya kompaniyasi investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar resurlarini jalb etishi;

investitsiya kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustav kapitalida ularning samaradorligi va daromadliligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun ishtirok etishi;

investitsiya kompaniyasi bo‘sh mablag‘larining respublika hududlaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun joylashtirilishi;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy konsultantlar jalb etilishi nazarda tutilishi darkor.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid