Prezident "Yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari taşkilotlarini hisobga qöyiş tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartiş kiritiş töğrisida"gi qonunni imzoladi.

Hujjatda ta’kidlanişiça, amaliyotda yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari bölinmalari va boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlari uçun bank hisobraqamlarini oçişda muammolar mavjud, çunki buning uçun STIR oliş talab etiladi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari bölinmalari va boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlariga STIR beriş töğrisida qöşimça kiritilmoqda.

Bundan taşqari, "Kasaba uyuşmalari töğrisida"gi qonunga yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari bölinmalari va boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlarini adliya organlarida hisobga qöyiş imkoniyatini nazarda tutuvçi va uşbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilaşni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilmoqda.