Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari filiallari va boşlanğiç kasaba uyuşma taşkilotlarini hisobga olişda inson omilini çeklaş;
- yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kasaba uyuşmalari filiallari va boşlanğiç kasaba uyuşma taşkilotlarini röyxatdan ötkazişda QR-kodli ma’lumotnomalar beriş;
- kasaba uyuşmalari filiallari va boşlanğiç kasaba uyuşma taşkilotlari reyestrini yuritiş.
Hujjatga köra filial va boşlanğiç taşkilotni röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari markazlari, nodavlat notijorat taşkilotlarining elektron platformasi va YaIDXP orqali körsatiladi.
Filial yoki boşlanğiç taşkilotni röyxatdan ötkaziş uçun tölov undirilmaydi.
Filial yoki boşlanğiç taşkilotni röyxatdan ötkaziş töğrisidagi sörov röyxatdan ötkazuvçi organga kelib tuşgan kundan boşlab 10 iş kuni içida körib çiqilişi kerak.
Sörovni körib çiqiş natijalariga köra röyxatdan ötkazuvçi organ röyxatdan ötkaziş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.
Röyxatdan ötkazuvçi organ röyxatdan ötkazilgan filiallar va boşlanğiç taşkilotlar reyestrini yuritadi.












