Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy va Janubiy Koreya birgalikda Olimpiada o‘tkazmoqchi
Shimoliy va Janubiy Koreya rahbariyatlari 2032 yilgi yozgi Olimpiadani birgalikda o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. O‘yinlar ikki davlat hududida bir vaqtda o‘tishi mumkin, deb ma'lum qildi Janubiy Koreya madaniyat va sport vaziri To Chon Xvan.
Musobaqalarni ikki davlat poytaxtlari – Seul va Pxenyanda o‘tkazish varianti ko‘rilmoqda. Qo‘shma arizani topshirish bo‘yicha yakuniy qaror yaqin orada, Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari sammiti natijalariga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Janubiy Koreyaning Pyongchangida o‘tgan oxirgi qishki Olimpiadada ikki davlat delegatsiyalari O‘yinlar ochilish marosimida yagona bayroq ostida birgalikda o‘tgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026