Jamiyat | 14:22 / 12.09.2018
7948
1 daqiqa o‘qiladi

To‘yxonada fuqaro o‘z tanishini pichoq bilan jarohatladi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 11 sentabr kuni Namangan shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu shaharda yashovchi A.T. “Azia Boing” to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi I.T.ning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazishi natijasida I.T. kasalxonaga yotqizilgan. A.T. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid