Sport | 00:51 / 12.09.2018
20315
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana g‘alaba qozona olmadi. Eronga qarshi o‘yindan fotoreportaj

Bugun, 11 sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin eronliklar hujumchisi Mahdiy Turobiyning 67-daqiqada urgan goli evaziga mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Ektor Kuper qo‘li ostidagi jamoa o‘z antirekordini yangiladi. O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga o‘ninchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Oxirgi marta 2017 yilning yozida Tailandni yenggan jamoa, shundan keyin 3 marta durang o‘ynab, 7 marta yutqazgan.

«Tribuna» fotomuxbirlari o‘yinning asosiy lahzalarini aks etgan fotoreportajni taqdim etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid