FIFA kunlarida Iordaniya poytaxti Ammanda öquv-maşğulot yiğini taşkil etgan Özbekiston millliy jamoasi bugun, 9 oktyabrda Malayziyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Sreçko Katanets qöl ostidagi ikkinçi öyinda sloveniyalik boş murabbiy tarkibda yangi futbolçilarni sinab körişi kutilmoqda.

Tarkib: Şomurodov keldi, Yaxşiboyev yöq

Sreçko Katanets Ammandagi yiğin doirasida Malayziya va Iordaniyaga qarşi öyinlar uçun 24 nafar öyinçini milliy jamoaga jalb etgan. Ular orasidan Eldor Şomurodov Italiyadan Toşkentga emas, töğri Iordaniya poytaxtiga yetib kelgan bölsa, Yaxşiboyev jarohati sababli yiğinga kela olmadi. Uning örniga esa «Lokomotiv» futbolçisi Azizbek Amonov çaqiruv oldi. Quvonarlisi, avvalgi yiğinlardan farqli ravişda bu safar milliy jamoa hujum zaxirasi yaxşi sport formasida bölgan forvardlar bilan tölgan.

Foto: ÖFA

Darvozabonlar: Eldor Suyunov («Paxtakor»), Valijon Rahimov (OKMK), Ötkir Yusupov («Navbahor»)

Himoyaçilar: Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Ibrohimxalil Yöldoşev («Nijniy Novgorod»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Dilşod Saidov («Nasaf»), Islom Qobilov («Lokomotiv»), Rustam Aşurmatov («Gangvon»), Doston Tursunov («Çunsin»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»)

Yarimhimoyaçilar: Odil Hamrobekov («Paxtakor»), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Otabek Şukurov («Şarja»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Aziz Ğaniyev («Şabab al-Ahli»), Jaloliddin Maşaripov («An-Nassr»)

Hujumçilar: Şahboz Umarov (BATE), Eldor Şomurodov («Roma»), Igor Sergeyev («Tobol»), Husayn Norçayev («Nasaf»), Azizbek Amonov («Lokomotiv»).

Nega aynan Malayziya tanlandi?

Özbekiston milliy jamoasining Malayziya va Iordaniyaga qarşi öyini oldidan Sreçko Katanets Ammandagi yiğin, sparring raqiblar va tarkib borasida fikrlarini bildirdi.

«Malayziya va Iordaniya milliy jamoalari hozirgi kungaça ÖFAda bölgan takliflar orasidan raqib sifatida tanlab olindi. Aynan ularga qarşi öynayotganimiz uçun alohida sabab yöq. Ularga qarşi öynaymiz, deb talab ham qöymaganmiz. Hozirgi kunda bilamizki, örtoqlik öyinlar uçun raqib topiş ança muşkul. Qolaversa, bunday rejalar kamida 6 oy yoki bir yil oldin amalga oşirilişi kerak. Özbekistonda iş boşlaganimga köp bölmagani uçun örtoqlik öyinlariga raqib tanlaş imkoniyati bölgani yöq. Şu bois mavjud raqiblar orasidan Malayziya va Iordaniya tanlandi. Ikkita örtoqlik öyinlarida barça futbolçilarga imkonqadar öyin amaliyotini berişga intilamiz», - deydi Sreçko Katanets.