Jamiyat | 10:07 / 13.09.2018
8830
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki ayol o‘rtasidagi o‘zaro janjal pichoq ishlatish bilan yakunlandi

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yilning 7 sentabr kuni Ohangaron shahrida yashovchi G.A. ismli ayol “Bo‘ston Sabzavot Nur” fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘zaro janjal oqibatida Piskent tumanida yashovchi M.A. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.  Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. G.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid