Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroyda Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari vakillari va xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan ko‘rishib chiqadi.
Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.
Kutilishicha, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va O‘zbekistonda talabgir bo‘lgan texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yig‘ish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qiladi.
Muzokaralarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashga e'tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishning samarali vositasi ekani haqida so‘z yuritiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:06 / 02.04.2026