Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Davlat rahbarining samolyoti Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan.
Aleksandr Lukaşenkoni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov, taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib olgan.
Toşkentda 13 sentabr kuni davlat rahbari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazadi. Muzokaralar tor şaklda va delegatsiyalar a'zolari iştirokidagi kengaytirilgan şaklda bölib ötadi. Kutilişiça, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş va Özbekistonda talabgir bölgan texnika işlab çiqariş böyiça yiğiş korxonalarini taşkil etiş masalalarini muhokama qiladi.
Muzokaralarda sanoat, qişloq xöjaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yönalişlardagi hamkorlikni mustahkamlaşga e'tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş savdo-iqtisodiy aloqalarni kuçaytirişning samarali vositasi ekani haqida söz yuritiladi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşişi rejalaştirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalarda hamkorlikni kengaytiriş böyiça ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi kutilmoqda. Davlat rahbarlari "Amkodor-Agrotexmaş" Belarus-Özbekiston korxonasi va Made in Belarus Belarus işlab çiqaruvçilarining körgazmasiga taşrif buyurişi ham nazarda tutilgan.
Uşbu yuqori martabali mehmon taşrifini yoritiş uçun Özbekistondagi mustaqil OAV vakillari jalb etilmagan. Mahalliy naşrlar odatga köra xorij manbalariga tayanişga majbur bölmoqda.
Ekspert: Lukaşenko Özbekiston bilan munosabatlarni qayta tiklaş uçun Toşkentga yöl oldi
















