Köksaroy qarorgohida Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötmoqda.
Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari vakillari va xorijiy davlatlarning Özbekistondagi elçilari bilan körişib çiqadi.
Rasmiy kutib oliş marosimidan söng davlat rahbarlarining muzokaralari boşlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada ötkaziladi.
Kutilişiça, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş va Özbekistonda talabgir bölgan texnika işlab çiqariş böyiça yiğiş korxonalarini taşkil etiş masalalarini muhokama qiladi.
Muzokaralarda sanoat, qişloq xöjaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yönalişlardagi hamkorlikni mustahkamlaşga e'tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş savdo-iqtisodiy aloqalarni kuçaytirişning samarali vositasi ekani haqida söz yuritiladi.

















