Tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan fuqaro sud qarshisida javob berdi
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va Qiziltepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasidan foydalanishining qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tekshirish davomida, Qiziltepa tumani “Demas” mahallasida yashovchi fuqaro F.S. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga zid ravishda yashash xonadonini umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmog‘iga yashirin ravishda o‘zboshimchalik bilan ulab, 27.03.2018 yilga qadar jami 100.083 kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida Qiziltepa tuman elektr ta'minoti korxonasi manfaatlariga jami 20 mln. 446 ming 956 so‘mlik miqdorda moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro F.S. nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv natijasida ayblov dalolatnomasi tuzilgan holda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish davomida sudlanuvchi F.S. yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaganligi hamda fuqaroviy da'vogar bilan yarashganligi munosabati bilan u sud tomonidan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024