Jahon | 10:59 / 14.09.2018
16196
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Skripallar tufayli Rossiyaga juda qattiq sanksiyalarni va'da qildi

Foto: REUTERS

Amerika Qo‘shma Shtatlari Britaniyaning Solsberi shahrida «Novichok» asab-falajlovchi moddasidan foydalanilgani tufayli Rossiyaga qarshi «juda qattiq» ikkinchi sanksiyalar to‘plamini joriy etmoqchi. Bu haqda davlat kotibi yordamchisi Manisha Singx 13 sentabr, payshanba kuni ma'lum qildi, deb yozmoqda Bloomberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva kimyoviy qurol bilan bog‘liq obektlarni tekshirishga ruxsat bermagan va ulardan yana foydalanmaslik bo‘yicha kafolatlar taqdim etmagan. Sanktsiyalar noyabr oyida kuchga kiradi va banklar, mudofaa maqsadlaridagi tovarlarni xarid qilish, shuningdek, moliyaviy yordam ko‘rsatishga aloqador bo‘ladi.

AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari yangi to‘plami 27 avgust kuni kuchga kirdi. Davlat departamenti Rossiyaga qurol-yarog‘ va ikkilamchi maqsaddagi mahsulotlar eksportiga litsenziyalar berishni to‘xtatadi, bunda kosmik sanoat hamda fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi eksport istisno sanaladi. Shuningdek, Amerikaning Rossiyaga har qanday yordami to‘xtatiladi, biroq, bunda ham shoshilinch gumanitar yordam, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari istisno.

Shuningdek, Moskva Amerika muassasalari tomonidan «har qanday kredit, kredit kafolati va boshqa moliyaviy yordam»dan mahrum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga tashxis qo‘yilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid