Rossiyaning AQŞdagi elçisi Anatoliy Antonov sözlariga köra, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar misli körilmagan past darajada turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Rossiya ularni yölga qöyiş böyiça çoralar körişda davom etmoqda.

«Rossiya va Qöşma Ştatlar örtasidagi munosabatlar misli körilmagan past darajada turibdi. Biz bu nafaqat ikki mamlakatning milliy manfaatlariga, balki butun dunyoga zid bölgan anomaliya, deb hisoblaymiz», - dedi Antonov.

Diplomatning qöşimça qilişiça, Rossiya ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta'sir körsatadigan kiçik loyihalarni tinç va muntazam ravişda ilgari surmoqda. Şundan söng, uning sözlariga köra, nisbatan kattaroq vazifalarni ham amalga oşirişni boşlaş mumkin böladi.

Şuningdek, Rossiya elçisining körsatişiça, hozirgi paytda AQŞda Rossiyaga bölgan munosabat siyosiy nuqtai nazardan kelib çiqmoqda.

«Xuddi stol tennisida bölgani kabi - tomonlar bir-birlariga rusofob ayblovlar bilan hujum qilişmoqda. Bu Rossiya va AQŞ manfaatlariga foyda keltirmaydi», - deya xulosa qildi Antonov. 

Eslatib ötamiz, avvalroq «Vostok-2018» maşqlariga borgan Putin Rossiyada tajovuzkor rejalar yöqligini aytgandi.