Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Belarus Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Valeriy Malashko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Muloqotda tibbiyot sohasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida ko‘plab imkoniyatlar mavjudligiga alohida e'tibor qaratildi. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tibbiyot sohasini modernizatsiya qilish, bu borada investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ta'lim va kadrlar tayyorlash hamda boshqaruv sohasida axborot tizimini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda faol hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shunga ko‘ra, tibbiyot ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologiya, klinik va profilaktik tibbiyot hamda tibbiy radiologiya yo‘nalishida ham fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi sohalarda tajriba almashish ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq, Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning yurtimizga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o‘rtasida qator ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolangandi.
Ushbu hujjatlar qatori “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qo‘mitasi o‘rtasida idoralararo sud-tibbiy faoliyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida idoralararo sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim” ham imzolandi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
15:41 / 02.04.2022
Sog‘liqni saqlash vazirligi Chiroqchida sayyor qabul o‘tkazmoqda
07:27 / 02.04.2022
Chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
08:01 / 29.03.2022