Boks terma jamoasiga o‘rindoshlarni saralash uchun O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
9-16 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks buyicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining taqvim rejasiga muvofiq, bu turnir orqali O‘zbekiston terma jamoasi uchun munosib o‘rindoshlarni saralab olish maqsad qilingan.
Ushbu musobaqada respublikaning barcha viloyatlaridan jami 220 bokschi ishtirok etdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tegishli darajadagi diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Umumjamoa hisobida Andijon viloyati jamoasi birinchi, Buxoro viloyati jamoasi ikkinchi, Farg‘ona viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024