O‘zbekiston yana Facebook’dan uzildi

2018 yil 16 sentabr kuni taxminan soat 18:00 lardan boshlab O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishida yana uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib bo‘lmayapti, foydalanuvchilar anonimayzerlar va VPN orqali bog‘lanish orqali sayt hamda ilovalarga ulanishmoqda.
Sentyabr oyi boshida ham ijtimoiy tarmoqqa O‘zbekistondan kirib bo‘lmay qolgan edi. 3 sentabrda yuzaga kelgan muammo 12 sentabrga kelibgina bartaraf bo‘lgandi.
Ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolar paydo bo‘lgach, foydalanuvchilar orasida Facebook O‘zbekistonda yopilgani to‘g‘risida taxminlar paydo bo‘lgan, biroq «O‘zbektelekom» bunday ehtimolni rad etib, Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilayotganini rasmiy bayonot bilan ta'kidlab o‘tgan edi.
Facebook bir haftadan ko‘proq muddat ishlamaganiga shundan boshqa izoh berilmadi.
Qayd etish kerakki, Facebook’ga ulanish borasida muammolar boshlangach, O‘zbekistondagi Android va iOS qurilmalari egalari VPN dasturlarini ommaviy ravishda yuklab ola boshlashdi va bu Google Play’da ham o‘z aksini topdi - Secure VPN va Thunder VPN O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p yuklab olinuvchi ilovalar 20taligiga kirdi.
Agar sizda Facebook ishlamayotgan bo‘lsa, sizga VPN yordam beradi. Ushbu maqola orqali ijtimoiy tarmoqdan yana muammosiz foydalanishni boshlashingiz mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi

19:05 / 12.12.2024