3 sentabr kuni Facebook ijtimoiy tarmoğidan uzilib qolgan özbekistonliklar bir hafta ötib yana uşbu ijtimoiy tarmoqdan muammosiz foydalana boşlaşdi.

12 sentabr kunidan boşlab Özbekistonda internet foydalanuvçilari Facebook sahifasiga proksi va xususiy virtual tarmoq – VPN (Virtual Private Natwork) işlatmagan holda ham kirişi mumkin bölmoqda.

Oy boşida uşbu ijtimoiy tarmoqqa kirişda muammolar paydo bölgaç, foydalanuvçilar orasida bu ijtimoiy tarmoq Özbekistonda yopilgani töğrisida taxminlar paydo bölgandi.

«Özbektelekom» esa bunday ehtimolni rad etib, Markaziy Osiyo va Şimoliy Yevropadagi boşqa mamlakatlarda ham şunday muammolar kuzatilayotganini ta'kidladi.

Facebook bir haftadan köproq muddat işlamaganiga şundan boşqa izoh berilmadi.

Qayd etiş kerakki, Facebook bilan muammo boşlangaç, Özbekistondagi Android va iOS qurilmalari egalari VPN dasturlarini ommaviy yuklab ola boşladi va bu Google Play’da ham öz aksini topdi - Secure VPN va Thunder VPN Özbekiston böyiça eng yuklanib oluvçi ilovalar 20taligiga kirdi.

Ma'lum bölişiça, Facebook bilan muammolar qöşni Tojikistonda ham kuzatilgan.

Tojikistonliklar avgust oyi boşida, Danğaradagi teraktdan keyin ijtimoiy tarmoqqa kira olmay qolişgan.

12 sentabr kuni Tojikistonda ham Facebook yana işlay boşlagan.

Facebook işlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi