Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA «PSJ»ning arablar bilan tuzgan homiylik bitimlarini taftish qiladi
UYeFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda gumonlanayotgan «PSJ» klubi bo‘yicha ishni shu hafta o‘rganib chiqadi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 19 sentabr, chorshanba kuni tashkilot rasmiylari mazkur masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi, unda qanday qarorga kelingani keyinroq e'lon qilinadi. Manbada ta'kidlanishicha, yig‘ilishda klubning transfer siyosatiga emas, balki 2015-2017 yillar oralig‘ida Qatar kompaniyalari bilan tuzilgan homiylik shartnomalariga asosiy e'tibor qaratiladi. Ushbu majlisda «PSJ»dan tashqari boshqa ayrim jamoalar faoliyati ham ayni masala yuzasidan o‘rganib chiqiladi.
Qayd etilishicha, Parij klubi iyun oyi oxiriga qadar 50 million yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z futbolchilari sotib yuborish bo‘yicha UYeFA qo‘ygan talabni bajargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «PSJ» prezidenti Nosil Al-Helaifi klubning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani mish-mishdan boshqa narsa emasligini ta'kidlagan edi.