Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy va Shimoliy Koreya prezidentlari shu haftada uchrashuv o‘tkazadi
Janubiy va Shimoliy Koreya prezidentlari 18 va 19 sentabr kunlari ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi. Kun tartibida Koreya yarimorolini yadroviysizlashtirish bosh masala bo‘ladi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Im Chjon Sok ma'lum qildi.
“Yadroviysizlashtirish masalasi bosh mavzu bo‘ladi. Bunday mavzularni amaliy darajada muhokama qilib bo‘lmaydi. Agarda muhokama qilinsa ham, biroq amaliy darajada biror kelishuv tuzishning iloji yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Janubiy Koreya vakili.
Koreyalararo sammit 18-20 sentabr kunlari Pxenyanda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya poytaxtiga to‘g‘ri reys bilan kelishi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, unga Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari, jumladan, Samsung Electronics, Hyundai Motor Group, SK Group va LG group rahbarlari hamrohlik qiladi.
16 sentabrda Pxenyanga 93 nafar janubiy koreyalik amaldor, jurnalistlar va yordamchi personal sammitga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yo‘l olgan.
Ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi tarixiy ilk uchrashuv 27 aprelda qurolsizlantirilgan hududda joylashgan Pxanmunjom chegara punktida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026