Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Injiq qo‘shnilar: Turkmaniston tojik yuklari bo‘lgan mashinalarni o‘tkazmayapti
Foto: Videodan kadr
Turkmaniston chegarasida Tojikiston yuklari bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda: turkmanistonlik bojxonachilar Tojikiston uchun mo‘ljallangan yoki Tojikistondan eksport qilingan yuklarni o‘z hududiga o‘tkazmayapti, deb xabar beradi Asia-Plus.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston yuklari bo‘lgan mashinalar Turkmaniston-Eron va Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasida avgust oxiridan beri turibdi.
«Vaziyat o‘zgarmadi, yuklar Turkmaniston bilan chegarada turibdi, ulardan ba'zilari esa Ozarboyjon chegarasi tomon harakatlanmoqda, bu Tojikistonga Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali yetib olish uchun qilinmoqda», - deya xabar berishgan Tojikiston Transport vazirligidan.
Avvalroq, Tojikiston Transport vazirligi yuk mashinalar haydovchilariga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qildi: Bokuga borish, u yerdan Kaspiy dengizi orqali paromda Qozog‘istonning Aqtau portiga yo‘l olish va Qozog‘iston hamda O‘zbekiston orqali Tojikistonga borish.

Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025