Jahon | 10:46 / 18.09.2018
3247
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Dakota shtati neft qazib olish bo‘yicha Venesueladan o‘zib ketdi 

Foto: AP/ Hasan Jamali

Amerikaning Shimoliy Dakota shtati iyulda neft qazib olish hajmi bo‘yicha Venesueladan o‘zib ketib yangi rekord qayd etdi, deb yozadi Blumberg agentligi.

Shtatda iyul oyida kuniga 1,27 million barrel neft qazib olingan – bu Venesuelaning ko‘rsatkichlaridan ko‘proq.  OPeK manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuelada avgustda kuniga 1,24 million barrel neft qazib olingan.  

Avgustda slanetsli neft qazib olishning o‘sishi tufayli AQSh 1999 yildan buyon ilk marta neft qazib olish hajmi bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi. Mamlakat energiya vazirligining energetik axborot boshqarmasi avgustda AQShda kuniga 10,9 million barrel neft qazib olinganini bildirdi. Bu iyundagiga nisbatan kuniga 120 ming barrelga ko‘p demakdir.

Venesuelada esa aksincha, jiddiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz manzarasida ishlab chiqarishning keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid