Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning KXDRdagi elchisi AQShni ayblab chiqdi
Rossiyaning KXDRdagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Matsegora so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya atrofida dahshat muhitini yaratishga urinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Men bu ayblovlarning ikkita sababini ko‘rmoqdaman. Birinchisi - Shimoliy Koreya atrofida dahshat muhitini yaratish. Barchani, jumladan, Rossiya kompaniyalarini qo‘rqitib, ularni KXDR bilan hattoki rezolyutsiyalar bo‘yicha taqiqlanmagan yo‘nalishlarda hamkorlikdan bosh tortishga majburlash. Menimcha, bu birinchi navbatdagi maqsad», - dedi Matsegora.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Vashington Moskvaga «barcha masalalar bo‘yicha», jumladan, Koreya yarim orolidagi vaziyat tufayli ham bosim o‘tkazishga urinmoqda. Uning qayd etishicha, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining Rossiyaga ayblovlari asossiz va aniq isbotlar bilan mustahkamlanmagan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Koreya yetakchilarining muzokaralariga baho bergandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:50 / 11.07.2026