Jamiyat | 10:05 / 19.09.2018
12626
1 daqiqa o‘qiladi

Uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Navoiy viloyati Xatirchi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Zarafshon” MFY hududida o‘z uyida qimorxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning jinoiy harakatlari fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. o‘z uyida pul tikib karta o‘ynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha “shart-sharoit”larni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor o‘yini ustida qo‘lga olindi.

Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid