Joriy yilning 8 oktabr kuni soat 19:50larda, Navoiy viloyati Xatirçi tumani, “Alişer Navoiy” MFY hududidan ötgan 4K-372 avtomobil yölining 16-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1993 yilda tuğilgan M.T. “Lasetti” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, özidan oldinda belgilanmagan joydan yölni kesib ötayotgan piyodalarni urib yuborib, boşqaruvni yöqotgan va yölning öng tomonidagi simyoğoçga urilib, yöl-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovçisi, 27 yoşli M.T. va piyoda, 28 yoşli Ş.Q. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etişgan. Şuningdek, piyoda, 30 yoşli Z.N. tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirçi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.













