Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 02:30larda, Navoiy viloyati Xatirçi tumani, A.Navoiy MFY hududidan ötgan 4R-56 avtomobil yölining 20-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1997 yilda tuğilgan O‘.Yo. “Neksiya” rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib, qarşisidan, mast holda harakatlanib kelayotgan velosiped haydovçisi, 1969 yilda tuğilgan A.T.ni urib yuborgan.

Natijada, velosiped haydovçisi, 51 yoşli A.T. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirçi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan transport vositasini mast holda boşqarmasliklarini, yöllarda harakatlanganda ehtiyotkor bölişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.