Iqtisodiyot | 15:48 / 20.09.2018
3438
2 daqiqa o‘qiladi

Agrobank: chakana xizmatlar ko‘lami kengaymoqda

Foto: "Agrobank" ATB matbuot xizmati

Bugun, 20 sentabr kuni Milliy matbuot markazida "Agrobank" ATB tomonidan "chakana xizmatlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda innovatsion va interfaol xizmatlar, xususan, aholiga plastik kartalar orqali xizmat ko‘rsatishning bugungi holati hamda uning sifat darajasini yanada yaxshilash hususida so‘z bordi. Jumladan, joriy yilning 1 sentabr holatiga bank tomonidan aholiga qariyb 2,4 millionta plastik kartalar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 24 mingtadan ortiq korporativ plastik kartalar muomalaga chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103 foizga o‘sish, deydi bank Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Rustam Mamatqulov.

Ayni paytda savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga joylashtirilgan to‘lov terminallari soni 31,6 mingtani tashkil etmoqda. Shuningdek, hududlarda 100ta bankomat va 420ta infokioska joylashtirildi. Joriy yil oxiriga qadar bank tomonidan yana 300ta bankomat olib kelib o‘rnatiladi.

Mavzuga oid