Jahon | 15:05 / 20.09.2018
3499
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya Facebook’ka sanksiyalar bilan tahdid qildi

Foto: AP/Darko Vojinovic

Agarda Facebook shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish bo‘yicha kelishuvni YeI me'yorlari bilan muvofiqlashtirmasa, kompaniyani sanksiyalar kutadi. Bu haqda adliya bo‘yicha yevrokomissar Vera Yurova ma'lum qildi.

"Biz Facebook o‘z majburiyatlarini bajarishini va dekabr oxiriga qadar foydalanuvchi kelishuvini qayta ishlashini kutmoqdamiz. Biz buning ustida ikki yildan ortiq vaqt davomida ishlayapmiz va mening sabrim tugab bormoqda. Biz oldinga siljishni emas, natijani ko‘rishimiz kerak. Agar natijani ko‘rmasak, sanksiyalar kiritiladi", - ogohlantirdi u.

Uning ta'kidlashicha, Facebook kelasi yil boshida sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. Sanktsiyalar Facebook o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan bo‘lsa, YeIdagi maslahatlashuvlardan so‘ng joriy etiladi.  

Yevrokomissarning qayd etishicha, Facebook foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlardan foydalanish huquqini ular o‘z ma'lumotlarini o‘chirib yuborganidan keyin ham saqlab qoladi, bu esa YeIning shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha me'yorlariga ziddir.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid